Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати » Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

9-02-2026, 12:22
10
Bugun, 9-fevral — so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kunining 585 yilligi munosabati bilan “Xorazm viloyati issiqlik ta’minoti” MChJda ma’naviyat soati tashkil etildi.

Tadbir davomida Mir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va jahon madaniyatidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shoir asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik, ma’rifat va yuksak axloqiy qadriyatlar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Mazkur ma’naviyat soati ishtirokchilarda buyuk ajdodimiz ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.